ISMA, Latviyada oliy ta’lim

Привет из ISMA! Вы всё ещё не студент, тогда мы идём к Вам! Золотая осень в Европе очаровывает, тем более, когда ты в компании друзей из Самарканда! Прогуливаясь по старинным улочкам, невозможно не замечтаться... Студенты ISCGroup даже на берегу Балтийского моря не забывают о своём институте ISMA предоставляет качественное и доступное европейское образование! Прогулка по Старому городу в Риге - что может быть прекрасней! Спасибо команде ISCGroup! Осень 2017 - отсчёт студенческих лет пошёл! Здравствуй, Рига! Студенты ISMA, набор 2017. Удачи Вам в учёбе! Порции как в Узбекистане! Прогулка по Балтийскому морю - лучшее времяпрепровождение!

 ISMA (Menejment va axborot tizimlari Oliy maktabi) — Latviyaning yetakchi universitetlaridan biri bo’lib, mamlakatning eng yaxshi 10 ta universitetlaridan biri hisoblanadi. Har kuni ushbu institutdagi talabalarimiz o’zlari uchun yangi narsalarni kashf etadilar, xalqaro amaliyot va malaka oshirish dasturlarida faol qatnashib, Ispaniya, Gretsiya va Bolgariyaga tashrif buyuradilar. Bundan tashqari, ular butun dunyo bo’ylab o’qish va sayohatni birlashtirgan Erasmus+ va Work and Travel dasturlarida ishtirok etadilar! ISMA talabasi bo’ling va haqiqiy talabalik hayotiga qadam qo’ying!

ISMA talabalariga — Latviya Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o’tgan besh sohada zarur bilimlarga ega bo’lib, kelajak haqidagi orzularini ro’yobga chiqarish imkoniyati beriladi.

 

  • Axborot texnologiyalari
  •  Iqtisodiyot
  • Menejment va ma’muriyat, ko’chmas mulkni boshqarish
  • Turizm, mehmonxona va restoran xizmati

ISMA muvaffaqiyatli va uzluksiz rivojlanmoqda, bu esa Latviya va Yevropaning mehnat bozorlarida nazariy bilimlar va amaliyotni uyg’unlashtirgan amaliy tajribaga asoslangan raqobatbardosh ta’limni taqdim etish imkonini beradi.

Bugungi kunda ISMA latviyalik va chet ellik talabalarga barcha darajadagi ta’limni taklif qiladi: birinchi darajali oliy ma’lumot, bakalavr va magistr dasturlari, doktorlik dasturlari. Shunday qilib, ISMA o’quvchilarga kelajakdagi rejalariga mos keladigan va shaxsiy mehnat va yetakchilik fazilatlarini rivojlantirishga hissa qo’shadigan mehnat bozori talablariga qaratilgan ta’lim olish imkoniyatini beradi.

 

ISMA o’z o’quvchilariga shinam zamonaviy o’quv xonalari, kutubxona, o’quv jarayonini zamonaviy moddiy-texnik ta’minot, bepul avtoturargoh, shuningdek, bo’sh vaqtlarida kafega tashrif buyurish va oliy ta’lim yurti hududidagi istirohat bog’ida dam olish imkoniyatini beradi.

 

Birinchi kursdan so’ng ISMA talabalari akademik harakatchanlik dasturlarida ishtirok etishlari va nufuzli xorijiy universitetlarda o’qishlarini davom ettirishlari mumkin. Yozgi amaliyot davomida talabalar chet el kompaniyalarida ishlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu sizga o’qitish paytida olingan bilimlarni hayotga tatbiq etish, dunyoni ko’rish va, eng muhimi, yozda olgan pulingizdan o’qish xarajatlarini to’lash imkonini beradi.

ISMA ishlarning sifati, xodimlarining ilmiy va ijodiy salohiyati, talabalarni bo’lajak kasb-hunarga tayyorlashda ishtirok etadigan ilmiy xodimlar bilan faxrlanadi. Sifatli bilim va ko’nikmalar bilan ta’minlash ISMA ning asosiy qadriyatlaridan biridir.

Ariza qoldiring