Firma haqida

 

Xorijda ta’lim olish bo’yicha konsultativ-maslahat markazi – ISCGroup, ta’lim va konsultativ-maslahat xizmatlari bozorida o’z faoliyatini 2013 yilda boshlagan. Bugungi kunda ISCGroup markazi xalqaro ICEF guruhi a’zosi hisoblanadi.
Bu esa uning ishonchliligi, malakasi va natijalarining barqarorligini ta’minlovchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Hozirda yuzlab talabalar ISCGroup tufayli butun dunyo bo’ylab turli universitetlarda ta’lim olishmoqda.

 

 

Biz har yili 140 dan ortiq mamlakatlarning oliy o’quv yurtlari va muassasalari vakillari ishtiroketadigan,ICEF tomonidan tashkil etilgan xalqaro anjumanlar, treninglar va seminarlarda qatnashamiz. Bu o’z navbatida, ISCGroup nafaqat ta’lim olamidagi barcha voqealar haqida xabardor bo’lishini ta’minlaydi balki universitetlar bilan birga faol hamkorlik qilib, yangi ta’lim muassasalari bilan bevosita shartnomalar tuzish va talabalarimiz tahsil olayotgan ta’lim muassalari bilan hamkorlik yanada yaqinroq munosabatlarni saqlab qolish imkoniyatini yaratadi.Shu maqsadda bizning agentligimiz vakillari universitetlarga turli xil ta’lim tizimi, dasturlari bilan tanishtiruv safarlarini talabalar va ularning ota-onalari uchun tashkil etishadi, shuningdek, xalqaro ta’lim yarmarkalarida ishtirok etishadi.

 

 

ISCGroup shuningdek sizga dam olish vaqtingizni qiziqarli, foydali va xalqaro darajada o’tishini ta’minlashda ko’maklashib, Sizga xalqaro maktablarda xorij tillarini yanada yaxshiroq o’rganishingizga sharoit yaratib beradi. Biz sizning xohishingizga ko’ra dasturni tanlaymiz va unutilmas qisqa xorij tajribasini orttirishingizga amaliy yordam beramiz.

Qanday turdagi ta’lim olish rejasini qilgan bo’lishingizdan qat’iy nazar-BIZ sizga til kurslari, qisqa ta’til dasturlari, universitetga qabul qilish uchun tayyorgarlik kurslari, bakalavr, magistr, PHd, malaka oshirish kurslari yoki ikkinchi oliy ta’limolishingizda xizmatingizdamiz!

Bizning maqsadimiz — maqsad sari intilgan abiturientlarga eng kuchli orzularini ro’yobga chiqarishda va ilmiy yuksaklikka erishishlarida amaliy yordam berish!

Universitetga o’qishga qabul qilinish — abiturent hayotidagi eng muhim va mas’uliyatli qadamlardan biri bo’lib, buni bizning professionallar yordamida birgalikda amalga oshiring!
Biz nimaga ko’p ahamiyat qaratamiz:

Axborotning dolzarbligi.

Ta’lim muassasalarini tanlashda ko’plab abiturientlar  noto’g’ri yoki eskirgan ma’lumotlarni nashr etadigan ishonchsiz internet manbalariga tayanadi. Bu esa, oliy o’quv yurtiga qabul qilish uchun hujjatlar to’plamini tayyorlashning birinchi bosqichidagi xatoliklarga olib keladi. ISCGroup dunyoning ko’plab universitetlari bilan ko’p yillik tajribasidan kelib chiqib Sizga hujjatlarni qabul komissiyasiga to’g’ri yuborishda sizni ushbu xavflardan himoya qiladi.

 

Vaqtni tejash.

ISCGroup bilan ro’yxatga olish jarayoni tezlashadi,chunki agentligimiz o’zining ko’p yillik ma’lumotlar bazasiga va ta’lim dasturlarini topish uchun vaqtga asoslangan strategiyasiga ega. Internetda mos universitetni qidirib, soatlab o’tirishga to’g’ri kelmaydi, balki siz chet tilingizni shu vaqt jarayonida yanada yaxshilashingiz va sizning oliy ta’lim olishga ketishga tayyorgarlik ko’rishingiz mumkin.

Kafolatlangan qabul.

Agentligimiz butun dunyodagi oliy ta’lim va o’quv maktablari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnomalar tuzadi, bu sizning qabul qilinishingiz kafolatini ta’minlaydi. Sizning istagingizni va universitet talablarini inobatga olgan holda siz uchun to’g’ri bo’lgan muassasa topishga yordam beramiz.

Byudjetni rejalashtirish.

ISCGroup professionallari istaklaringizni va imkoniyatlaringizni hisobga olgan holda har qanday byudjet uchun dasturni tanlaydi. Bundan tashqari, bizning agentlik uchun universitetlar tomonidan har bitta talaba uchun individual faoliyat olib borish bilan birga qisman yoki to’liq stipendiya ajratiladi.Qabul qilish jarayonida byudjetni rejalashtirish va imkon qadar ko’proq mablag’ tejashga yordam beramiz.