Gretsiya

Gretsiya

Mehmondo’st mamlakat hisoblanmish — Gretsiya har doim chet elliklarni o’qishga qabul qilishdan mamnundir. Bu o’zbekistonliklarning Yevropa diplomiga ega bo’lish, bir necha yillarni iliq dengiz sohillarida o’tkazish va zamonaviy madaniyatning kelib chiqishi bilan tanishish uchun katta istiqboldir.

MAMLAKAT HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT

  • Mamlakat poytaxti: Afina. U mamlakatning savdo va moliyaviy markazi hisoblanadi. Poytaxt aholisi, shahar atrofini hisobga olgan holda 3,2 million kishini tashkil etadi.
  • Geografiyasi: mamlakat Bolqon yarim orolida, unga va Kichik Osiyoga tutashgan orollarda joylashgan. Bolgariya, Turkiya, Albaniya bilan chegaradosh. Mamlakatning 1/5 qismi — orollardan iborat bo’lib, ularning soni 2 mingga yaqin. Sohil chizig’i uzunligi 4100 km. U O’rta yer dengizi tomonidan yuviladi, shu jumladan Egey va Ion dengizlari tomonidan. Krit oroli janubdan Liviya dengizi bilan yuviladi.
  •  Rasmiy tili: rasmiy til — bu yunon tili bo’lib, unda deyarli butun aholi gaplashadi.
  • Pul birligi: yevro (€ EUR).
  • Din: asosiy din — bu pravoslav xristianlik. Boshqa dinlarga kelsak: Yunonistonda taxminan 230 000 musulmon, 58000 ga yaqin katoliklar, 40,000 protestantlar, 5000 yahudiylardir.
  •  Iqlimi: mo’tadil O’rta yer dengizi iqlimi. Shu sababli, qish yumshoq va yuqori namlik bilan birga keladi. Yozda, aksincha, jazirama quyosh havoni 28-32 darajagacha isitadi.
  • Aholisi: 11 million Yunonlar aholining ko’p qismini tashkil qiladi. Frakiya musulmonlari rasman tan olingan, ular orasida turklar, lo’lilar va bolgar tilida so’zlashuvchi musulmonlar bor.

GRETSIYADA TA’LIM OLISHNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

 Gretsiyadagi ta’lim tizimini Milliy Ta’lim va Din Vazirligi nazorat qiladi, shuning uchun Gretsiya universitetlarida o’qish bepul, xususiy ta’lim muassasalari bundan mustasno. Gretsiya universitetlarida chet ellik abituriyentlar uchun kirish imtihonlari mavjud emas, turar joy va ovqat juda arzon, talabalar sezilarli imtiyoz va stipendiyalarga tayanishlari mumkin. Bundan tashqari, chet ellik talabalar bo’sh vaqtlarida yarim vaqtda ishlash, bepul o’quv materiallarini olish va birinchi o’quv yilida fakultetlarni o’zgartirish imkoniyatiga ega.

To’g’ri, joylar soni cheklanganligi sababli, Gretsiya universitetiga kirish har doim ham oson emas. Abituriyentlarga barcha hujjatlarni to’ldirish uchun vaqt kerak (ariza, o’rta ma’lumot to’g’risidagi guvohnoma, 0 dan 20 ballgacha yunoncha baholash tizimiga tarjima qilingan sertifikatning o’rtacha bahosi to’g’risidagi sertifikat) va 1 chi avgustdan 10 chi avgustgacha barcha hujjatlarni Gretsiya Ta’lim vazirligiga topshirishlari kerak. Ro’yxatga olishda bir nechrsitetlata universitetni va 20 ga yaqin fakultetlarni ko’rsatish mumkin, qabul qilinish shahodatnomadagi o’rtacha ko’rsatkichga muvofiq amalga oshiriladi.

Kuzda abiturientlarga qabul natijalari to’g’risida ma’lumot beriladi. Shundan so’ng, qabul qilingan talabalarni o’qish joyini saqlab qolish bilan birga, bir yillik yunon tili kurslarini kutmoqda. Ba’zi universitetlarda, ko’pgincha g’arbiy va xususiy oliy ta’lim yurtlari filiallarda darslar ingliz tilida olib boriladi, ularda TOEFL talab qilinadi.

Gretsiya universitetlarida ta’limning uch darajasi mavjud: to’rt yillik boshlang’ich kurs, undan so’ng bakalavr darajasi beriladi; ikki yillik magistratura; Texnik universitetlari bitiruvchilar uchun uch yillik aspirantura mavjud.

Umuman olganda, Gretsiyada 18 ta universitet (AEI), 14 ta texnik (TEI) va bir qator ixtisoslashgan universitetlar mavjud. Eng mashhurlari bo’lib: Afina Milliy Universiteti, Gretsiya Ochiq Universiteti, Afina Milliy Texnik Universiteti, Afina Iqtisodiyot va Biznes Universiteti va Gretsiyaning eng katta universiteti Aristotel Nomidagi  Saloniki shahridagi universitetidir .

 

TALABALAR UCHUN GRETSIYADA ISHLASH

Talabalarga qonuniy ravishda haftada 20 soat ishlashga ruxsat berilgan. Ushbu imtiyozlar til maktablari o’quvchilariga ham tegishli (kelganidan keyin yashash uchun ruxsatnomaga binoan).U yerda ketma-ket 4 yil davomida o’qish mumkin. Keyin universitetga kirib, barcha darajadagi to’liq  muddatio’qish mumkin. Jami: 13 yillik yashash huquqi kafolatlanadi. Gretsiyada shuncha yillardan keyin va ma’lumot darajasi yuqori bo’lgan, fuqaro maqomiga erishish mumkin.

 

XARAJATLAR

  • Yashash uchun ruxsatnoma narxi (Vaqtincha yashash fuqaroligi)

€150 (bir yilga) hisobda 1000 evroni ko’rsatish talab qilinadi

  • Ko’chish narxi

€500

  • Viza + sug’urta

€50

  • Moliyaviy kafolatlar

Viza olish uchun murojaat qilayotganda hisobda 5000 yevro yoki 2000 yevro va ota-onalarning yozma kafolatlarini ko’rsatish kerak

  • Sig’urta

€10 (oyiga)

     

QO’SHIMCHA XARAJATLAR

Oliy o’quv yurtlarida yotoqxonalar yo’q. Chet el fuqarosi uchun stipendiya olish juda qiyin, faqat chet el fondlari yoki kompaniyalaridan biri sizning tadqiqotlaringizga qiziqgan taqdirda. Bu hatto stipendiya ham emas, balki magistraturadan boshlab olish mumkin bo’lgan grantdir.

  • imtiyozli talabalar safari ruhsatnomasi — narxi oyiga 15 yevro;
  • Uyali aloqa xizmatlarining o’rtacha to’plami 10 € ni tashkil qiladi. U 400 bepul daqiqani, 600 MB Internetni o’z ichiga oladi;
  • uy ijara haqqi- 180 yerodan. Odatdagidek, kichik shaharlarda bu arzonroq, Afinada esa bu qimmatroq;
  • ovqatlanish oyiga 100 — 150 yevrodan boshlanadi. Kampus oshxonalarida oziq-ovqat narxi ancha past, ba’zi joylarda talabalar uchun bepul ovqatlanish mavjud.

Ariza qoldiring