INSA

INSA Business, Marketing & Communication School – ta’lim sohasida 30 yildan ortiq tajribaga ega bo’lgan xususiy biznes maktabidir. Asosiy vazifa — mehnat bozoriga qo’shila oladigan, mustahkam amaliy bilim va ko’nikmalarga ega bo’lgan, o’z vazifalarini birinchi kundan muvaffaqiyatli bajaradigan kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlash hisoblanadi. Bundan tashqari, INSA maqsadi talabalarga jamoatchilik va kasbiy e’tirofga ega bo’lishga yordam berishdir. Shuning uchun kompaniyalar bilan doimiy aloqada bo’lish INSA uchun zaruriy qismdir. Bu talabalar va bitiruvchilarga kompaniyalar tomonidan taqdim etiladigan kasbiy ta’lim xizmatlar orqali amalga oshiriladi.

INSA BIZNEZ MAKTABI TARIXI

INSA Business School 1984 yilda yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tashkil etilgan. Dastlab Maktab ikki ixtisos bo’yicha — ma’muriy biznes va jamoatchilik bilan aloqalar (reklama, PR, marketing) bo’yicha ta’limni taklif etdi. O’qituvchilarning yaxshi ishi, ta’lim dasturining moslashuvchanligi va maqsadga muvofiqligi va eng asosiysi, amaliy yondashuv tufayli, INSA 40 ta turli millatdagi 13000 dan ortiq bitiruvchiga ega. Zamonaviy bozor, siyosat, iqtisodiyot va texnologiya kabi omillar o’quv dasturlarini yangilash va yangi kurslarni yaratishga bevosita ta’sir qiladi. Shuningdek, INSA talabalarga to’liq ingliz tilida ta’lim olish imkoniyatini taklif etadi.

USLUBI

O’qituvchilarning yuqori malakasi kasbiy dunyo talablariga javob beradi, chunki hozirgi kunda an’anaviylardan farq qiladigan yangi mutaxassisliklar baholanmoqda. Ish olamida biznesni boshqarish, marketing, reklama, jamoatchilik bilan aloqalar sohasidagi malakali mutaxassislar, shuningdek, yangi texnologiyalarni o’zlashtirish sohasida chuqur bilimlarga ega mutaxassislar talab etiladi. INSA ta’lim dasturidan foydalanib, talabalar ijtimoiy, shaxsiy fazilatlar va amaliy ko’nikmalarni, shuningdek biznes sohasiga muvaffaqiyatli kirish uchun zarur bo’lgan vositalarni egallaydilar.Maxsus ishlab chiqilgan o’quv rejasi, individual ish uslubiga asoslangan amaliy ish, amaliy ishlarni o’rganish, kompaniyada amaliyot o’tash imkoniyati — bularning barchasi asosiy vazifaga — har qanday biznesda o’z vazifalarini muvaffaqiyatli bajara oladigan kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlashga javob beradi.

MAQSAD VA VAZIFALARI

O’quv dasturlari har bir talaba uchun moslashuvchan va qulay tarzda ishlab chiqilgan va bu ularni boshqa ko’plab o’quv dasturlaridan ajratib turadi. O’quv dasturi talabalar tomonidan olingan barcha bilimlarni amaliyotga tatbiq etishlari uchun kasbiy sohadagi zamonaviy ehtiyojlarga moslashtirilgan.

 HAR BIR TALABAGA INDIVIDUAL YONDASHUV

Biznes maktabi har bir o’quvchining holati va shaxsiy rivojlanishini kuzatib boradi. Buning uchun o’qitish kichik guruhlarda olib boriladi, bu esa o’qishni juda samarali qiladi, chunki o’qituvchilar o’quv yilida har bir talabaga e’tibor berish imkoniyatiga ega bo’ladilar va shunga ko’ra talaba o’quv va kasbiy tomondan to’liq rahbarlikni oladi.

TA’LIM AMALIYOTI: O’QITIVCHILAR TARKIBI

INSA biznes maktabining asosiy maqsadlaridan biri bu nazariyani amaliyotda o’zlashtirish nuqtai nazaridan o’rganishdir. Birinchidan, INSA talabalarning keyinchalik ish bilan ta’minlanishi muhimdir. Shuning uchun INSA fakultetlarining professor-o’qituvchilari hozirgi lavozimlarini egallagan va katta tajribaga ega bo’lgan va bir qancha oliy ma’lumotlarga ega bo’lgan tadbirkorlar va menejerlardir.

TALABALARNING MEHNAT BOZORIGA KIRISHI

Talabalarning mehnat bozoriga kirishini ta’minlash va ularning ishbilarmonlik muhitiga moslashishini ta’minlash uchun INSA o’zining o’quv dasturlarida quyidagi vazifalarni qo’yadi:   

  • Ijtimoiy fazilatlarni rivojlantirish
  • Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarining ustunligi
  •  Ochiq o’quv muhitini yaratish
  • Tadbirkorlik qobiliyati va ijodiy fikrlashni rivojlantirish

Talabalarga e’tibor va sifat nazorati INSA biznes maktabining asosiy jihatlari:

  • Mijozlar e’tiborini jalb qilish. Har bir talaba o’ziga xosdir.
  • Xaridor, xodimlar, direktorlar kengashi, etkazib beruvchilar va keng jamoatchilik bilan shartnoma majburiyatlarini bajarish va monitoringini amalga oshirish.
  • Ishtirokchilar va guruhlar o’rtasida vazifalarni taqsimlash.
  • Tashkilot ichidagi barcha jarayonlarni boshqarish.
  • Tizimni doimiy ravishda takomillashtirish.
PROGRAMS 
  • Master en Comunicación Empresarial
  • Master en Dirección de Arte y Producción Publicitaria
  • Master en Publicidad Creativa
  • Master en Publicidad y Empresa
  • Carrera Superior en Publicidad, Relaciones Públicas + Marketing
  • Carrera Superior en Dirección y Gestión de Empresas
  • Carrera Superior en Dirección de Marketing y Gestión Comercial
  • Carrera Superior en Secretariado Internacional de Alta Dirección
  • Carrera Superior en Marketing Digital y Social Media
  • Global Executive Master en Business Intelligence
  • International MBA (English)
  • Master en Asistentes de Dirección de Empresas
  • Master en Big Data & Data Intelligence
  • Master en Big Data Project Management
  • Master en Business Analytics
  • Master en Dirección de Compras y Aprovisionamientos (English or Bilingual Esp-Eng)
  • Master en Dirección de Marketing y Gestión Comercial
  • Master en Dirección y Gestión de Proyectos (Project Management)
  • Master en Marketing Digital y Social Media
  • Master en Marketing Intelligence
  • Master en Marketing Relacional, Directo & Interactivo
  • Master en Protocolo y Organización
  • Master en Relaciones Públicas y Organización de Eventos (IL3-UB)
  • Master en Revenue Management
  • Master en Secretariado Internacional de Alta Dirección (Barcelona)
  • Master en Executive Assistant
  • Master in Business Communication (English)
  • Master in Entrepreunership & Innovation (English)
  • Master in Business Management (English)
  • Master en e-Tourism & Revenue Management
  • Master in Foreign Trade and International Marketing (English)
  • Master in Integral Logistics: Operations and Supply Chain Management (English)
  • Master in Marketing Management (English)
  • Master in Translation and Interpreting in Global Enterprises (English)
  • MBA en Dirección de la Pequeña y Mediana Empresa
  • Postgraduate in Purchasing and Supply Chain (English)
  • Master en Producción Ejecutiva y Producción Audiovisual
  • Postgrado en e-Commerce
  • Postgrado en e-Commerce (English)
  • Programa Superior Global Business Management para deportistas
  • Bachelor in International Business
  • Bachelor in Business & Marketing

Ariza qoldiring