Vistula University

Vistula universiteti 1992 yilda Polshadagi ikkinchi xususiy universitet sifatida tashkil etilgan. Vistula universiteti 2012-2015 yillarda birlashgan «Sug’urta va bank universiteti», «Iqtisodiyot va axborot oliy maktabi», «Yevropa san’at akademiyasi va menejment maktabi» to’rtta institutning an’analari va tajribasiga asoslanib tashkil etilgan.

Vistula universiteti — bu an’analar va ilm-fanning eng innovatsion yo’nalishlarini o’z ichiga oladigan oliy ta’lim yurtidir. Vistula universiteti biznes va xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qiladi va universitet professor-o’qituvchilari obro’li mutaxassislardir. Vistula universitetining ustuvor yo’nalishi bo’lib, Polsha va Yevropada dinamik ravishda o’zgarib turadigan iqtisodiy muhit sharoitida bitiruvchilarni mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishishga tayyorlaydigan fakultetlarning mavjudligi hisoblanadi.

NEGA AYNAN VISTULA UNIVERSITY

  • Obro’li diplom

1. Vistula University 2015 yil Perspektywy ta’lim portali reytingiga ko’ra davlat va xususiy universitetlarning eng yaxshi beshtaligiga kiradi.

2.Vistula universiteti 2015 yil Perspektywy University Rankings reytingiga ko’ra davlat va xususiy universitetlarning eng yaxshi beshtaligiga kiradi.

 

3. Xalqaro akademik jamiyatlarning quyidagi akkreditatsiyalari bundan dalolat beradi: Butunjahon Kengashi va Ta’lim bo’yicha assambleyasi, EURASHE, CEEMAN — universitetlarga berilgan eng nufuzli menejment akkreditatsiyasi.

 

  • Kuchli mutaxassislardan amaliy bilimlarga ega bo’lasiz

Vistula universitetining o’quv va ilmiy-tadqiqot fakulteti nufuzli kompaniya va muassasalarda olgan bilimlarini baham ko’rishni yaxshi ko’radigan mutaxassislardan iborat, shu jumladan: professor Vitold Orlovskiy — prezidentning iqtisodiyot bo’yicha sobiq maslahatchisi va Milliy taraqqiyot kengashi a’zosi, Marek Kulchitski, FM Bank PBP prezidenti, ilgari BMTda faoliyat olib borgan. Vistula universiteti jahon miqyosidagi universitetlarning kuchli akademiklari bilan hamkorlik qilib, u taqdim etayotgan ta’lim jahon mehnat bozorining haqiqiy ehtiyojlariga javob berishini ta’minlaydi.

  • Xalqaro muhitda ta’lim olasiz
  1. Chet elda amaliyot va ta’lim loyihalarida, shu jumladan Germaniya, Ispaniya va Turkiyadagi loyihalarda qatnashishingiz mumkin bo’ladi;
  2. Siz Erasmus dasturida qatnashishingiz va 30 ta hamkor universitetlardan birida o’qishingiz mumkin;
  3. Shuningdek, Vistula universiteti  Xalqaro haftalikni tashkil qiladi, bunday tadbirda siz kun davomida chet eldan kelgan professor-o’qituvchilar ma’ruzalarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lasiz.
  • London universiteti darajasiga ega bo’lasiz

Dunyodagi eng obro’li darajalardan birini olish uchun Polshani tark etish shart emas! Vistula — universiteti Polshadagi London Universitetining xalqaro dasturlariga kiruvchi o’quv dasturlarini taklif qiladigan birinchi va yagona universitetdir.

Afzalliklar:

1.Siz Nobel mukofotining ko’plab sovrindorlari, dunyoning sobiq va hozirgi rahbarlari, Grammy va Oskar sovrindorlari va Olimpiya o’yinlari sovrindorlari singari London Universitetining bitiruvchisiga aylanasiz;

2. Siz Londonda talabalar to’laydigan xarajatlarning faqat bir qismini to’lashingiz kerak bo’ladi;

3. London Universitetining diplomi sizga mehnat bozorida raqobatdosh bo’lish imkoniyatini beradi;

4. Ingliz tili bo’yicha bilimingizni oshirasiz, chunki bu ta’lim tili;

5. Shuningdek, siz o’qish xarajatlarini qoplaydigan stipendiyalarni olishingiz mumkin.

Vistula University sizni xalqaro martabaga tayyorlaydi

COOP-EDU — Cyfrowy Polsat, Radwag va Plus kabi brendlar bilan hamkorlik qilib, biznes va ta’limni bog’laydigan innovatsion dasturdir. Bu siz nafaqat mustahkam bilimlar bazasini, balki Vistula universitetida ta’limning ajralmas qismi bo’lgan katta amaliy ko’nikmalarni ham egallab, sherik kompaniyalarda amaliyot o’tashingiz mumkinligini anglatadi.

1.Vistula universiteti sizga, masalan, Xitoyda amalga oshiriladigan stipendiya dasturlarida, stajirovkalarda, shuningdek xalqaro loyihalarda ishtirok etish imkoniyatini beradi;

2.Shuningdek, siz biznes ma’ruzalari va xodimlarning ochiq eshik kunlarini tashkil etadigan talabalarning innovatsion tashabbusi bo’lgan «JOB SPOT» dan foydalanishingiz mumkin.

UNIVERSITET QUYIDAGI TA’LIM DASTURLARINI TAKLIF QILADI:

Bakalavriat dasturlari:

  • Economics
  • Finances and Accounting
  • Management.
  • International Relations
  • Journalism
  • Philology
  • Graphics

Warsaw School of Tourism and Hospitality Management

  • BA in Tourism
  • BA in Dietetics

Magistratura dasturlari

  • Finances and Accounting
  • International Relations
  • Computer Engineering
  • Management

Warsaw School of Tourism and Hospitality Management

  • MA in Tourism

TANLOV RAMOYILLARI

          Bakalavriat dasturiga tanlov tamoyillari:

  • O’rta ta’limni tugatganlik to’g’risida ma’lumotnoma;
  • Language Certificate (equivalent of B2 level) yoki suhbatdan o’tish.

    Magistratura dasturiga tanlov tamoyillari:
  • Oliy ta’limni tugatganlik to’g’risida ma’lumotnoma;
  • Language Certificate (equivalent of B2 level) yoki suhbatdan o’tish.

VISTULA UNIVERSITY DA BAKALAVRIAT DASTURLARI UCHUN TA’LIM NARXLARI:

Programmes Study duration: Tuition fee (per year) Tuition fee (per semester)
Tourism and Recreation 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €
Journalism and Social Communication 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €
International relations 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €
Dietetics 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €
English Studies 3 years (6 semesters) 2 000 € 1 100 €
Management 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €
Economics 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €
Graphic Design 3 years (6 semesters) 2 000 € 1 100 €
Finances and Accounting 3 years (6 semesters) 2 500 € 1 350 €

 

VISTULA UNIVERSITY DA MAGISTRATURA DASTURLARI UCHUN TA’LIM NARXLARI:

Programmes Study duration: Tuition fee (per year) Tuition fee (per semester)
Energy Management 2 years (4 semesters) 2 500 € 1 350 €
Tourism and Recreation 2 years (4 semesters) 2 000 € 1 100 €
Computer Engineering 1.5 year (3 semesters) 2 500 € 1 350 €
International relations 2 years (4 semesters) 2 500 € 1 350 €
English Studies 2 years (4 semesters) 1 450 € 775 €
Economics 2 years (4 semesters) 1 450 € 775 €
Management 2 years (4 semesters) 2 500 € 1 350 €
Graphic Design 2 years (4 semesters) 1 450 € 775 €
Finances and Accounting 2 years (4 semesters) 2 500 € 1 350 €

 

INGLIZ TILI TAYYORLOV KURSLARI

Programmes Study duration: Tuition fee
600 hour programme 1 Year (2 semesters) 2800 €
900 hour programme 1 Year (2 semesters) 3500 €

 

TALABALAR TURAR JOYI

Vistula University o’z yotoqxonasiga ega emas, lekin ko’plab xususiy talabalar yotoqxonalari bilan hamkorlik qiladi.

Turli xil turar joy variantlari: www.ansabdorm.pl, www.hosteluv.com.plbookistry.compereca11.p, remi.nieruchomosci.pl

Ariza qoldiring