The University of Maine
The University of Maine
The University of Maine — bu 1865 yilda tashkil etilgan Meyn shtatidagi eng yirik davlat universitetidir. Universitet jimjit Orono shahrida, Stillvoter daryosining qirg’og’ida joylashgan va Nyu-Angliya mintaqasidagi (AQShning shimoli-sharqiy) yetakchi universitetlaridan biri hisoblanadi.
INFRATUZILMA
Meyn universiteti barcha davlat universitetlari ichida eng katta kampusga ega va piyoda, velosipedda, yugurish uchun 24 kilometrdan ortiq yo’llarni o’z ichiga oladi. Kampus Nyu-Yorkdagi Markaziy bog’ni loyihalashtirgan afsonaviy landshaft me’mori Frederik Olmstad tomonidan ishlab chiqilgan.
Universitet kampusi tarkibiga quyidagilar kiritilgan:
- 37 ta akademik bino
- 5 ta ilmiy stantsiya
- Sportning barcha turlari uchun 10 ta sport inshooti
- Collins san’at markazi
- 18 ta laboratoriya
- 30 ta ma’muriy bino
- 18 ta talabalar yotoqxonasi
- 4 ta oshxona
- 2 ta mini-market
- 5 ta muzey
- Eng katta ilmiy kutubxona
- Kafe va Pub
- New Balance» dam olish markazi, uning qurilishi uchun 25 million dollar sarflangan bo’lib, unda ko’plab trenajyorlar, sport zallari, basseyn, sauna va issiq hammom mavjud.
REYTINGLARI
- The University of Maine — Meyn Universiteti Amerikada tan olingan davlat universiteti bo’lib, u Amerikadagi universitetlar va kollejlarning Top-5 foizi ichida.
- U.S. News & World Report ga asosan universitet Amerikadagi barcha davlat universitetlari orasida 83-o’rinni egallaydi
- Meyn universiteti Milliy ilmiy jamg’armasi ma’lumotlariga ko’ra eng yaxshi 100 ta tadqiqot muassasalari qatoriga kiradi. Universitetning yillik ilmiy mukofotlari 100 million dollardan oshadi.
- Men universiteti institutsional tashkilot, Yangi Angliya maktablari va kollejlari assotsiatsiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o’tgan, shuningdek AACSB va ABET tomonidan professional akkreditatsiyaga ega.
Afzalliklari
-
Iqtisodiyot va Tinchlik Institutining 2011 yilgi hisobotiga asosan Meyn Amerikadagi eng xavfsiz shtat deb tan olindi
-
Universitetda 11000 ga yaqin talabalar tahsil oladi, ulardan 500 ga yaqini 65 mamlakatdan kelgan talabalardir
-
Universitetda 90 dan ortiq bakalavr, 75 magistratura va 30 ga yaqin doktorantura dasturlari mavjud
-
Universitetda qiziqishga qarab 200 dan ortiq to’garaklar mavjud.
ISHGA JOYLASHISH VA AMALIYOT
Universitetda Maine Mentor Program Karyera Markazi mavjud bo’lib, u orqali universitet talabalari universitet bitiruvchilar bilan muloqot qilishlari va martaba ko’tarishlari uchun ulardan professional va akademik yordam olishlari mumkin.
So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, universitet bitiruvchilarining 84 foizi ish bilan ta’minlangan, shundan 65 foizi to’liq bandlik va 19 foizi yarim bandlikda ish faoliyatini olib bormoqda. Shuningdek, bitiruvchilarning 29 foizi uzluksiz ta’limda — aspiranturada o’qiyotganlardir.
DASTURLAR
International Year One – abiturientlarni ikkinchi kursga qabul qilish uchun abiturientlarni tayyorlashga mo’ljallangan ISC dasturi, akademik maqsadlar uchun ingliz tilini o’rganishni va birinchi kursda o’rganiladigan fanlarni o’z ichiga oladi. O’qish muddati ingliz tilining hozirgi darajasiga bog’liq (kamida 4.5 IELTS) — 4 oydan 16 oygacha. Semestrning boshlanishi: yanvar, may, avgust.
BAKALAVR – International Year One + 3 yil
Mutaxassislik |
Ta’lim boshlanishi |
Biznes |
|
Biznes (buxgalteriya hisobi, moliya, menejment, marketing) |
sentyabr, yanvar |
Iqtisodiyot |
sentyabr, yanvar |
Dam olish, turizm, istirohat bog’lari |
sentyabr, yanvar |
To’g’ri ovqatlanishni boshqarish |
sentyabr, yanvar |
Muhandislik, tabiiy fanlar va o’rmon xo’jaligi | |
Botanika |
sentyabr, yanvar |
Biologiya |
sentyabr, yanvar |
Klinik laboratoriya fanlari |
sentyabr, yanvar |
Ekologiya va atrof-muhit |
sentyabr, yanvar |
Muhandislik (bio injenerlik, kimyoviy muhandislik, kompyuter muhandisligi, qurilish, fizika, elektrotexnika, mashinasozlik) |
sentyabr, yanvar |
O’rmon xo’jaligi |
sentyabr, yanvar |
O’rmon biomahsulotlari va bio-energiya |
sentyabr, yanvar |
Zoologiya |
sentyabr, yanvar |
Oziqlanish va dietologiya fani |
sentyabr, yanvar |
-
Pre—master’s – 1 (4 oy) yoki 2 (8 oy) semestr
Mutaxassislik |
Ta’lim boshlanishi |
Ta’lim |
yanvar, avgust |
Muhandislik |
yanvar, avgust |
Ijtimoiy fanlar |
yanvar, avgust |
MBA |
yanvar, avgust |
-
МАГИСТР – 1-2 yil
Mutaxassislik |
Ta’lim boshlanishi |
Biznes boshqaruv faoliyati (MBA) |
|
MBA |
sentyabr, yanvar |
Muhandislik |
|
Qurilish muhandisligi |
sentyabr, yanvar |
Kompyuter muhandisligi |
sentyabr, yanvar |
Elektrotexnika |
sentyabr, yanvar |
Mashinasozlik |
sentyabr, yanvar |
Fizika |
sentyabr, yanvar |
Ta’lim |
|
Boshlang’ich ta’lim |
sentyabr, yanvar |
O’rta ta’lim |
sentyabr, yanvar |
Ijtimoiy fanlar |
|
Inson potentsialini rivojlantirish |
sentyabr, yanvar |
Oziqlanish va dietologiya fani |
sentyabr, yanvar |
Ijtimoiy ish |
sentyabr, yanvar |
Yovvoyi tabiatni saqlash |
sentyabr, yanvar |
Franstuz tili |
sentyabr, yanvar |
Global siyosat |
sentyabr, yanvar |
TURAR JOY
Universitet hududida talabalar uchun 18 ta turar joy mavjud. Turar-joyda turli xil xonalar mavjud mavjud bo’lib, talabalar orasidaeng mashhurlari ikkita to’shaklik ikki kishilik xonalar, o’quv stollari, shkaflar, mini-muzlatgichdan iborat.
Barcha birinchi kurslar faqat talabalar yashash joyida joylashishi kerak!
Ovqatlar universitetning 4 ta oshxonasida, shuningdek yaqin atrofdagi kafelarda mavjud.
NARXLAR
International Year One:
1-semestrlik dastur – $13325
2-semestrlik dastur – $26650
3-semestrlik dastur – $35050
4-semestrlik dastur (1 semastr tayyorlov kursi + 3 semestr International Year One) – $41650
Universitetning majburiy to’lovi — $1147 semestr uchun
Bakalavriat:
yiliga $41082 atrofida (30 ta kredit uchun)
Pre-master’s program:
1-semestrlik dastur– $15150
2-semestrlik dastur– $29000
Universitetning majburiy to’lovi — $1147 semestr uchun
Magistratura:
yiliga $38492 dastur uchun
Qo’shimcha xarajatlar:
- aviachipta;
- elchixona to’lovi;
- sug’urta $1300 dan;
- transfer;
- kampus hududida ovqatlanish uchun to’lov (abonoment)— $4800 dan semestr uchun;
- turar joy $4800 dan;
- InStudy.uz firma xizmat xaqqi.
*Turar joy va ovqatlanish narxi har xil bo’lishi mumkin, InStudy.uz maslahatchilariga yoki universitet
veb-saytga murojaat qiling.