Kozminski University

 

KozminskiUniversity

  • Joylashgan joyi:Varwava
  • Tashkil etilgan yili:1993
  • Turi:Xususiy unuversitet
  • Talabalar soni:8000 ga yaqin
  • Ta’lim tili: ingliz,polsha tili
  • Ta’lim boshlanish davri: oktyabr
  • Narxi:1 6700 PLN dan boshlab(3990 yevro)yiliga

 

Kozminski University — butun dunyo bo’ylab shuhratga ega,obro’-e’tiborli  bilim yurtidir.Tashkil etilganligiga 5 yil to’lmasdan turib, Universitet bilim yurtlar milliy reytingi bo’yicha  mustahkam birinchi o’rinlarni egallab kelmoqda. 2009 yildan Financial Times reytinglari bo’yicha Sharqiy va Markaziy Yevropaning  eng yaxshi 60 biznes-maktablari safiga kiradi va Global Master nuqtai nazaridan menejment yo’nalishida mutaxassislarni tayyorlovchi eng yaxshi 40 ta markazlardan biri hisoblanadi.

 

Universitet 3 ta xalqaro akkreditaciyaga ega bo’lib, ular qo’yidagilar: AASCB (American Association of State Counseling Boards), EQUIS (European Quality Improvement System) и AMBA (Association of MBA’s).Sanab o’tilganlardan  oxirgi akkreditaciyaga dunyo bo’ylab faqatgina 115 bilim yurtlari  ega.

Kozminski University — CEEMAN (CentralandEastEuropeanManagementDevelopmentAssociation), EABIS(EuropeanAcademyof BusinessinSociety),UNESCO-CEPESEuropeanCenterforHigherEducationinBucharest va shu kabi  biznes va menedjment yo’nalishi doirasida faoliyat ko’rsatadigan bir qator  xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi.

Universitet xalqaro ta’lim dasturlarini ayirboshlashda EADA  Barselonada (Ispaniya), Audencia Nanteda (Franciya) va Bradford University (Buyuk Britaniya) kabi biznes maktablari bilan hamkorlikda ishtirok etadi.Bu esa o’z navbatida Kozminski Universiteti talabalarini yo’qorida sanab o’tilgan bilim yurtlari dasturlari asosida ta’lim olish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga universitet bitiruvchilari ikkita diplom – Britaniya va Polsha diplomlarida ega bo’lishadi.

Universitetda ta’lim ikki tilda — ingliz va polsha tillarida olib boriladi. Bu o’z o’rinda ushbu bilim yurtini biznes, moliya va huquq yo’nalishida mutaxassislarni tayorlashda haqiqatda eng yirik xalqaro markazlardan biri bo’lishini ta’minlaydi. Universitet o’zining kuchli o’qituvchilar jamoasi bilan mashhur bo’lib, ma’ruza, seminarlarni o’tkazish uchun dunyoga mashxur professorlarni, Nobel mukofoti laureatlarini, muvaffaqiyatli kompaniya rahbarlarini taklif etadi. Hozirgi kunda universitetda dunyoning turli hil chekkalaridan kelgan har xil millatga mansub  100 dan ziyod horijiy talabalar tahsil olmoqda.

Ilm-fan borasida ma’lum yutuqlari bilan ajralib turgan talabar ikkinchi kursdan boshlab, ERASMUS tashkiloti tomonidan tasdiqlangan stipendiyalarga da’vo qilishlari mumkin. Ta’lim jarayonida sport muhim o’rin egallaydi. Talabalar doimiy ravishda xalqaro darajadagi musobaqalarda qatnashib, kelajakda talabalarda  mutaxassislar uchun muhim bo’lgan maqsadga erishish, kuchli iroda, jamoaviy ish yuritish kabi sifatlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

 

Malaka oshirish va ishga joylashish

 

Kozminski University ko’plab xalqaro milliy kompaniya va tashkilotlar, echixonalar, davlat hokimiyati va adolat organlari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi. Universitet qoshida faoliyat olib boruvchi Ish bilan ta’minlash Markazi(Kuznia) doimiy ravishda yo’qorida sanab oilgan tashkilotlar namoyondalarini taklif qilib, ularni eng yaxshi talabalar yutuqlari bilan tanishtiradi hamda ularni mutaxassisliklari bo’yucha malaka oshirishda va ish bilan ta’minlashda ko’maklashadi. Yevropaning mashxur bilim yurtlarining ikkita diplomga ega,ingliz tilini mukammal biladigan talabalar dunyoning istalgan davlatida muvaffaqiyatli ishga joylashishi yoki turli hil xalqaro iqtisodiyot sohasida hususiy biznes tashkil etish imkoniyatlariga ega bo’lishadi.

                                               Universitet infrastrukturasi

Universitet juda ham boy material asosga ega bo’lib, kampusning tarkibiga bir qator o’quv korpuslari,kutubxona, kitoblar do’koni, basseyn,futbol, volleybol va basketbol maydonchalarini o’z ichiga qamrab olgan sport majmuasi kiradi. Umimiy maydoni 3.4 ga dan katta bo’lgan kampus hududida bir necha  kafe-barlar, matbuot do’konlari, pochta, bankomat, avtotransport joylari joylashgan. Dars o’tish xonalari va ma’ruzalar o’qiladigan amfiteatrlar zamonaviy standartlar talabiga mos ravishda jihozlangan bo’lib, ularning 60% dan ziyodi  zamonaviy audio va video apparaturalar, kompyuter texnikasi bilan ta’minlangan.Universitet tarkibida 4ta kompyutyer laboratoriyalari, 2 ta server zallari va til markazlari mavjuddir.

Kozminski universiteti o’zining shaxsiy yotoqxonasiga  ega emas, lekin ma’muriyat korpusida shahar rezedenciyalarida va qimmat bo’lmagan ijaraga olinadigan xonalarda joylashtiruvchi maxsus bo’lim xizmat ko’rsatadi. Odatda talabalarni yashash joyi bilan ta’minlash qisqa muddatda joylashtirish bilan shug’ullanuvchi katta ma’lumotlar bazasiga ega agentliklar yordamida amalga oshiriladi. Shu bilan birga universitet uzoq muddatga joylashtirishni taklif qiladigan uy egalari bilan hamkorlikda ish yuritadi. Rieltorlik agentliklari orasida universitet- o’z hamkorlaridan  Remi Nieruchomosc xizmatlaridan foydalanishni maslahat beradi. Alohida xonani ijaraga olish narxi oyiga 230 € dan boshlanadi.

Kozminski universiteti Varshavaning tarixiy qismi hisoblanmish Pragada joylashgan.Universitet kampusidan Polsha poytaxtining zamonaviy markazigacha tramvay bilan 15-20 daqiqada etib olish mumkin bo’lib, uning bekati universitet asosiy binosinig qarshisida joylashgan.

Dasturlar

Kozminski Universiteti talabalarga keng hajmli ingliz va polsha tillarida turli hil bakalavriyat va magistratura dasturlarini taklif qiladi. Bakalavriyat dasturlarida ta’lim olish 3 yil muddatga m’oljallangan bo’lib, muhim jihatlaridan biri chet-el davlatlarida malaka oshirish hisoblanadi. Ingliz tilidagi magistratura dasturlari 2 yil davom etib, bitiruvchilarga 2 ta diplom beriladi.

Bundan tashqari Germaniyaning  etakchi Biznes maktablaridan biri hisoblangan University of Mannheim bilan hamkorlikda universitetlar aro ta’lim dasturlari mavjud. 1-1.5 yillik ta’lim davriga mo’ljallangan MBA dasturlaridan tashqari, universitet yosh ish boshqaruvchilar uchun qisqa muddatli kurslarni hamda ilm-fan asosida izlanish  markazlari mutaxassislarini uchun kurslarni taklif qiladi.

Til kurslari

Mutaxassislik Dastur boshlanishi
Ingliz tili Iyun-Iyul
Polsha tili Avgust sentyabr

 

Tayyorlov kursi – 1 yil

 

 

 

Bakalavriyat(Polsha tilida) – 3 yil

Mutaxassislik Dastur  boshlanish
Menejment Oktyabr
Moliya va buxgalteriya hisobi Oktyabr
Boshqaruv Oktyabr
Huquq Oktyabr
Sociologiya Oktyabr
Evropeistika Oktyabr
Xalqaro bozorlar iqtisodiyoti Oktyabr

 

Bakalavriyat(Ingliz tilida) – 3 yil

 

Mutaxassislik Dastur  boshlanish
Menejment (ikkitalikdiplom-ishbilanta’minlashimkoniyatibilan) – ikkita diplom Oktyabr
Moliya va buxgalteriya hisobi(BBA) Oktyabr
Menejment (ВВА) Oktyabr

 

                                                                Magistratura (Polsha tilida) – 2yil

.

Специализация Начало программы
Menejment Oktyabr
Moliya va buxgalteriya hisobi Oktyabr
Boshqaruv Oktyabr
Huquq Oktyabr
Sociologiya Oktyabr
Psixologiya Oktyabr

 

Magistratura (Ingliz  tilida) – 2yil

Mutaxassislik Dastur  boshlanish
Xalqaro biznes va menejment Oktyabr
Menedjment Oktyabr
Boshqaruvchilar uchun MBA Oktyabr
Biznes ingliz tili Oktyabr

 

 

 

 

 

                                                 Narxi

 

  • Til kurslari – PLN 550 (130€ atrofida) 2 haftalik ingliz tili kursi uchun yoki PLN 1550(365€ atrofida) 3 haftalik polsha tili kursi uchun;
  • Boshlang’ich kurslari –PLN 8350 (1995€ atrofida)  semester uchun;
  • Bakalavriyat – PLN 8350 (1995€ atrofida) polsha tilida semetr uchun va PLN 8900 dan (2100€) ingliz tilida semester uchun;
  • Magistrarura – PLN 5200 (1225€atrofida ) semester uchun va PLN 8600 dan (2030€ atrofida) ingliz tilida semestr uchun;
  • MBA — PLN 33000 dan(7780€ atropfida) dastur uchun.

 

Qo’shimcha to’lovlar

  • Aviachipta harajatlari;
  • Konsullik yig’imi;
  • Sug’urta;
  • Qabul qilish to’lovi – PLN 375 (89€ atrofida);
  • Turar joy va oziq-ovqat;
  • ISCGroup xizmatlari to’lovi.

 

Kozminski universitetida qabul qilish uchun kerakli hujjatlat:

 

 

  • Bakalavriyat: o’rta maktabni tugatganligini tasdiqlovchi attestat ilovasi bilan;
  • Magistratura: Universitetni tugatgaligini tasdiqlovchi diplom ilovasi bilan ;
  • Attestat/Dipolomning polsha tilida notarial tasdiqlangan tarjimasi;
  • Til bilishni tasdiqlovchi sertifikat;
  • Pasport

*Ta’lim va yashash narxlari o’zgarishi mumkin. Aktual ma’lumotlar uchun konsultantlarimizga murojaat qilishingiz mumkin.

Ariza qoldiring