ISMA
YEVROPADA OLIY TA’LIMGA EGA BO’LMOQCHIMISIZ? UNDA LATVIYA SIZ UCHUN AJOYIB TANLOV!
ISMA da ta’lim olishning afzalliklari:
- Yevropa diplomi namunasidagi ISMA diplomi butun dunyoda tan olinadi.
- ISMA tanlov asosida talabalarga davlat stipendiyasiga ega bo’lish imkoniyatini beradi: bakalavriat talabalari uchun oyiga — 500 yevro, magistratura talabalari uchun oyiga — 680 yevro.
- ISMA talabalari Erasmus+ dasturida qatnashib, Yevropaning 70 dan ortiq hamkor oliy ta’lim yurtlarida ta’lim olish imkoniyatini qo’lga kiritadilar
- ISMA talabalari uchun har yili yozda Yevropa bo’ylab to’lanadigan amaliyotga qatnashish imkoniyati beriladi.
- Xorijiy talabalar Shengen Ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlar bo’ylab erkin sayohat qilish imkonini beradigan ID karta ega bo’lishadi.
- ISMA talabalari ta’lim davomida o’qishdan tashqari haftasiga 20 soat ishlash huquqiga ega bo’ladilar, ta’til davomida esa to’liq kun ishlashlari mumkin.
- Talabalar Shengen Ittifoqi tarkibiga kitgan istalgan davlatda 90 kun mobaynida ishlashi mumkin.
- Latviyada ta’lim olish va yashash narxlari boshqa Yevropa Ittifoqi tarkibidagi davlatlar bilan taqqoslaganda nisbatan arzon.
ISMA (Menejment va axborot tizimlari Oliy maktabi) — Latviyaning yetakchi universitetlaridan biri bo’lib, u boy an’analarga ega va Yevropa oliy ta’lim makonida o’z o’rniga ega.
ISMA Latviya Respublikasi Ta’lim va fan vazirligi tomonidan akkreditatsiyadan o’tgan bo’lib, talabalrga besh sohada zarur bilimlarga ega bo’lib, kelajak haqidagi orzularini ro’yobga chiqarish imkoniyatlari beriladi:
- Axborot texnologiyalari
- Iqtisodiyot
- Menejment va ma’muriyat, ko’chmas mulkni boshqarish
- Turizm, mehmonxona va restoran xizmati
ISMA muvaffaqiyatli va uzluksiz rivojlanmoqda, bu esa Latviya va Yevropaning mehnat bozorlarida amaliy tajriba, nazariy va amaliyotni uyg’unlashtirgan holda raqobatdosh ta’limni taklif etadi.
Bugungi kunda ISMA latviyalik va chet ellik talabalarga barcha darajadagi ta’limni taklif qiladi: birinchi darajali oliy ma’lumot, bakalavr va magistr dasturlari, doktorlik dasturlari.
Shunday qilib, ISMA talabalarga kelajakdagi rejalariga mos keladigan va mehnat bozori talablariga yo’naltirilgan, shaxsiyat va yetakchilik ko’nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim olish imkoniyatini beradi.
ISMA o’z o’quvchilariga shinam zamonaviy o’quv xonalari, kutubxona, o’quv jarayonini zamonaviy moddiy-texnik ta’minot, bepul avtoturargoh, shuningdek bo’sh vaqtlarida universitet hududidagi parkda dam olish va kafega kirish imkoniyatini beradi.
Birinchi kursdan so’ng ISMA talabalari akademik harakatchanlik dasturlarida ishtirok etishlari va nufuzli xorijiy universitetlarda o’qishlarini davom ettirishlari mumkin. Yozgi amaliyot davomida talabalar chet el kompaniyalarida ishlash ko’nikmalariga ega bo’ladilar. Bu sizga o’qitish paytida olingan bilimlarni hayotga tatbiq etish, dunyoni ko’rish va, eng muhimi, yozda olgan pulingizdan o’qish xarajatlarini to’lashga imkon beradi.
Turli kurslar va malaka oshirish dasturlari orqali ISMA professional martaba qurishni, yangi bilimlarni o’rganishni va o’z malakasini oshirishni istagan har bir kishi uchun ishonchli sherikdir.
ISMA ishlarning sifati, xodimlarining ilmiy va ijodiy salohiyati, talabalarni bo’lajak kasb-hunarga tayyorlashda ishtirok etadigan ilmiy xodimlar bilan faxrlanadi. Sifatli bilim va ko’nikmalar bilan ta’minlash ISMA ning asosiy qadriyatlaridan biridir.
O’qitishning yangi usullari va texnologiyalarining (masofaviy o’qitish) joriy qilinishi turli sabablarga ko’ra darslarga qatnasha olmaydigan talabalar uchun o’quv dasturlarini ishlab chiqishni ta’minlaydi.
ISMA zamonaviy talablarga javob beradigan oliy ma’lumot olishni istaganlar uchun eng yaxshi tanlov.
ISMA da amaliyot
Har qanday ISMA talabasi Erasmus dasturi doirasida Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridan birida dastur davomida ko’zda tutilgan stipendiyan bilan birga bir marta amaliyot o’tashi mumkin. Shuningdek, har yoz mavsumida talaba ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarning har qandayida vaqtincha ishlash imkoniyatidan foydalanishi mumkin.
Bundan tashqari, siz o’zingiz topgan Yevropa Ittifoqida joylashgan kompaniyada amaliyot o’tashingiz mumkin. Eng muvaffaqiyatli amaliyotchiularga ISMAni tugatgandan so’ng doimiy ish topish imkoniyati berilishi mumkin. Amaliyotni o’tash uchun talabaning majburiy talablari: akademik va moliyaviy qarzlarning yo’qligi.
ERASMUS+ в ISMA
2014 yilda Yevropa Komissiyasining ta’lim, trening, yoshlar va sport sohasidagi yangi dasturi Erasmus + ish boshladi.
Erasmus + Yevropa Ittifoqi tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan bir nechta dasturlarni (jumladan Komenius, Leonardo da Vinchi, Grundtvig, Erasmus, Jan Monnet; o’quv safari, Erasmus Mundus, Tempus, u.c.) birlashtiradi va ularni umumiy dastur bilan almashtiradi. Dasturning davomiyligi 2014 yildan 2020 yilgacha.
Yangi dastur tomonidan qo’llab-quvvatlanadigan asosiy yo’nalishlar:
- Shaxsiy maqsadlar uchun harakatchanlik (Learning Mobility for Individuals);
- Innovatsiyalar va yaxshi tajriba almashish uchun hamkorlik (Cooperation for Innovation and Exchange of Good Practices);
- Siyosiy islohotlarni qo’llab-quvvatlash (Support for Policy Reform).
Dastur Yevropa Parlamenti tomonidan 2013 yil 19 noyabrda tasdiqlangan.
Karyera markazi
Karyera markazining asosiy maqsadlari:
- talabalar va bitiruvchilarning mehnat bozorida raqobatdoshligini oshirish;
- amaliyotni rejalashtirish, tashkil etish va kuzatish;
- o’rta maktab o’quvchilariga ma’lum bir ma’lumotni olgandan so’ng o’qitish turlari, o’quv dasturlari va martaba imkoniyatlari to’g’risida ma’lumot berish;
- ish beruvchilar bilan hamkorlikni rivojlantirish, masalan, talabalar stajirovkada bo’lganlarida, loyihalarda ishtirok etish, tadqiqotlar o’tkazish, tegishli ish takliflarini ko’rib chiqish orqali;
- bitiruvchilar va ish beruvchilar to’g’risida ma’lumot bazasini yaratish va yuritish, shuningdek, mansab va martaba imkoniyatlari bilan bog’liq ma’lumotlarni elektron tarzda joylashtirish va qayta ishlash.
ISMA Latviya va xorijiy korxonalar bilan talabalarni amaliyot joylari bilan ta’minlash bo’yicha ko’plab shartnomalarga ega. Karyera markazi xodimlari yuqorida aytib o’tilgan muammolarni hal qilishdan tashqari kasbiy yo’naltirish bo’yicha maslahatlar berishadi, turli xil o’quv loyihalarida ishtirok etishadi va ma’lumot seminarlari va konferentsiyalarni tashkil qilishadi. Har yili Oliy maktabda «O’quv amaliyoti va biznes» konferentsiyasi bo’lib o’tadi.
Dasturlar
BAKALAVRIAT DASTURLARI
Professional bakalavriat — Biznesni (Tadbirkorlikni) boshqarish faoliyati
Mutaxassisliklar:
- Biznesni (Tadbirkorlikni) boshqarish faoliyati
- Ijodiy sohada biznesni (Tadbirkorlikni) boshqarish faoliyati
- Musiqa menejmenti <—YANGI MUTAXASSISLIK!
- Axborot texniologiyalari menejmenti <— YANGI MUTAXASSISLIK!
- Biznes aloqalar
- Biznesda huquq va havfsizlik
Professional bakalavriat — Turizmda biznes boshqaruv faoliyati
Mutaxassisliklar:
- Turizm va mehmondo’stlik menejmenti
- Restoran va klub biznesi menejmenti
- Turizmda raqamli texnologiyalar
Professional bakalavriat — Axborot texnologiyalari
Mutaxassisliklar:
- Raqamli texnologiyalar <— НОВАЯ СПЕЦИАЛИЗАЦИЯ!
- Telekommunikatsiya tizimlari
- Axborot tizimlarini boshqarish va xavfsizligi
- Intellektual ta’lim tizimlari
- Amaliy kompyuter modellashtirish tizimlari
- Amaliy elektron hisoblash tizimlari
- Veb-texnologiyalar
- Kompyuter dizayni va media texnologiyalari
MAGISTRATURA DASTURLARI
- Biznesni (Tadbirkorlikni)boshqarish faoliyati
- Kompyuter tizimlari
DOKTORANTURA DASTURLARI
- Biznesni (Tadbirkorlikni) boshqarish faoliyati
Bakalavriat va magistratura dasturlari uchun o’qish — yiliga 2500 yevro
Ro’yxatdan o’tish narxi — 300 yevro
* Ta’lim va turar joy narxi har xil bo’lishi mumkin