Mamlakat haqida

Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSH) — 50 ta shtat va  bitta federativ okrugdan iborat federativ  respublikadir. Bundan tashqari AQSH tarkibiga Tinch okeanidagi bir qator orollar kiradi.

Maydoni 9.36 mln.km bo’lib, dunyoning eng katta davlatlaridan biri hisoblanadi. Aholisi 261.7 mln kishi atrofida bo’lib, 75 % shahar aholisiga to’g’ri keladi. Poytaxti — Vashington. Rasmiy tili — ingliz tili.

Amerika Qo’shma Shtatlari Shimoliy Amerika qit’asida joylashgan bo’lib, g’arbdan Tinch okeani  va sharqdan Atlantic okeanlari bilan yuviladi. Shimolda Kanada , janubda esa Meksika bilan chegaradosh.

AQSH da oliy ta’lim

AQSH — bu har bir kishi uchun cheklanmagan imkoniyatlar taklif etadigan davlatdir. AQSH o’zining barqaror iqtisodiyotiga ega bo’lib, Amerika ta’lim tizimi esa dunyoda  eng  yaxshi ta’lim tizimlaridan biri bo’lib hisoblanadi.  AQSH ning ta’lim muassalarini tugatgan har bir horijiy talaba u erda qolish hamda ishlash huquqini qo’lga kiritadi. AQSH da ta’lim olish davrida siz ta’lim tizimining yuqori sifatiga amin bo’lib , tibbiy yordam va ijtimoiy himoyaga ega bo’lasiz.

Amerika oliy ta’lim  yurtiga qabul qilishingizda, davlatning oliy ta’lim tizimi haqida  ma’lumotga ega bo’lish tavsiya qilinadi. Bu o’z o’rinda ta’lim jarayoni, qanday bosqichlardan iborat ekanligi va natijalar haqida ko’proq ma’lumotga ega bo’lish imkoniyatini beradi.

Ta’lim yili o’rtacha 4 yil davom etadi va talaba bakalvr diplomiga ega bo’ladi. Agar talaba bakalavr diplomiga ega bo’lsa, magistratura 1.5-2 yil davom etadi. Doktorantura 2-4 yil.

AQSHning ta’lim muassasalari talabalarga ko’plab mutaxassisliklarni taklif qiladi. Odatda ko’pchilik xorijiy talabalar biznes, menejment, injeneriya va matematika kabi yo’nalishlarni tanlashadi. Amerika oliy ta’lim yurtlarining asosiy hislatlaridan biri bo’lib, birdaniga mutaxassislikni tanlamasdan, bir yoki ikki yillik umumiy ta’lim kurslaridan keyin tanlash imkoniyatining mavjudligidir. O’qishga hujjat topshirish talablari talabalarning qayerga: universitet, tayyorlov kursi yoki kollejga topshirishiga qarab farqlanadi. Shu bilan birga har bir xorijiy talaba ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi  IELTS yoki TOEFL sertifikatlariga ega bo’lishi kerak.

AQSH da yashash imkoniyatlari

Kampus va yotoqxonalar – bu yashash va ta’lim olish uchun eng qulay va optimal sharoitlargaega  isjoylari hisoblanadi. Odatda kampuslar ta’lim yurtlari qoshida yoki ularning hududida joylashgan bo’lib, narxi bo’yicha hususiy sektorlardan ancha arzon hisoblandi.

Amerikaning ko’plab universitetlari talabalarni birinchi ikki yil davomida universitetning talabalar shaharchasida istiqomat qilishlarini ta’kidlashadi .

Amerika yotoqxonalari bu — bu aralash holdagi korpuslardan iborat bino bo’lib, hamma talabalar bitta binoda, lekin  har xil qavat yoki korpuslarda istiqomat qilishadi. Oshxona va vanna xonalari  odatda qavatda umumiy bo’ladi. Albatta, ya boshqa yashash turi bir necha xonadan iboraat talabalar apartamenti ham mabjud. Xonalar kerakli mebel, televizor, internet bilan jihozlangan.

Yotoqxonada yashashning afzalliklaridan biri bu «ijtimoiy hududlar»ning mavjudligidir. Bu yerda talabalar bir birlari bilan uchrashib, turli xil o’yinlar tashkil etishlari, televizor tomosha qilishlari va suhbatlashishlari mumkin.

Yashash xarajatlari oyiga o’rtacha 600 $ atrofida bo’lib,  qo’shimcha harajatlar esa ovqatlanish, elektr energiya, ichimlik suvi, xona yig’ishtirish kabi xarajatlarni o’z ichiga oladi. To’lov semestrga bir marta amalga oshiriladi.

DIQQAT! Xona uchun  cheklangan  muddatlarda — ta’lim boshlanishidan oldin 6 oy muddatda kechikmasdan arizalar beriladi. Bundan tashqari arizalar talabalar  ta’lim yurtiga qabul qilingandan keyin ko’rib chiqiladi

Ijaraga xona. Yashashning bunday turi  mustaqil yashashni istaganlar uchun qulay hisoblanadi. Ko’plab universitetlarda e’lonlarda yoki maxsus web sahifalarda, ta’lim muassasidan uzoq bo’lmagan masofada qidirib topish imkoniyati mavjud.

Talabalarga ijara shartlari tushuntirilib, xona bilan bo’lishish uchun boshqa talabalarni izlashga yordam beriladi. Hususiy sektorda ijaraga yashash narxlari xona uchun joylashgan shahar va shoritlaridan kelib chiqgan holda, $ 800 dan  $2000 gacha bo’ladi. Biroq shuni ham hisobga olish kerakki ushbu summaga kommunal to’lovlar qo’shilmagan.

Oilada istiqomat qilish. Kampusdan tashqarida yashovchilar uchun ajoyib yashash turi hisoblanadi. Bu talabalarga mahalliy aholiga tez moslashib, ingliz tili ko’nikmalarini mukammallashtirish imkoniyatini beradi. Deyarli har bir universitetda  oilada yashash turlari taklif qilinadi. Bundan tashqari ko’plab universitetlarda 18 ga kirmagan talabalar uchun oilalarda yashash asosiy talab hisoblanadi.

Oilalar har xil bo’lib, ayrimlari bitta talabani, ayrimlari esa 2-3 talabani qabul qilishadi.Lekin har bir talaba o’zining alohida xonasiga ega bo’ladi. Yana bir asosiy afzalliklaridan biri bo’lib, bu talaba uchun uy taomlarini tayyorlash hisoblanadi.

Bundan tashqari asosiy talab joylashuvi bo’lib, ular kampusdan 20-45 daqiqalik masofadan uzoq bo’lmasligi kerak. Oilalarda istiqomat qilishning narxlari joylashgan shtat va universitet bilan kelishuv shrtnomalariga bo’liq bo’ladi. Odatda yotoqxonalarga  nisbatan qimmat va alohida ijaraga olingan uylarga nisbatan arzonroq bo’ladi.

 

Ariza qoldiring